Ko‘pincha shifokorga borishni e’tiborsiz qoldirib, qahva yordamida bu balansni yaxshilashga harakat qilamiz. Ammo doimiy past qon bosimi jiddiy kasallikning alomati bo‘lishi mumkin. Agar bosim har doimgi ko‘rsatkichlarga nisbatan kamaygani sezilsa, o‘zgarishlarning sababini aniqlash va chora ko‘rish vaqti keldi.
Qanday bosim past deb hisoblanadi?
Sistolik (“yuqori”) qon bosimi me’yordan pastga tushganda (erkaklarda o‘rtacha 105 mm yoki undan kamroq va ayollarda 100 mm yoki undan kam), shifokorlar bemorga past qon bosimi tashxisi qo‘yilganini aytishadi. Ba’zida bu holat normal hisoblanadi va biror kasallikni anglatmaydi. Odatda, past qon bosimi baland tog‘ yon bag‘irlarida yashovchi aholi (adaptiv gipotoniya) va sportchilar uchun (yuqori fitnes gipotoniya) xosdir.
Past qon bosimining alomati bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklar:
- Anemiya;
- Umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar kasalliklari;
- Endokrin kasalliklar;
- Oshqozon-ichak trakti kasalliklari;
- Yurak-qon tomir kasalliklari;
- Yuqumli kasalliklar;
- Travmatik miya shikastlanishidan keyingi asoratlar.
Homilador ayollarda past qon bosimining sabablari gormonal o‘zgarishlar, bachadon va yo‘ldoshda qonni ushlab turish va qon oqimiga qon tomirlari qarshiligining pasayishi bo‘lishi mumkin.
Past qon bosimining yana bir sababi organizmdagi qon hajmining pasayishi (gipovolemiya) bo‘lishi ham mumkin.
Bu suvsizlanish, to‘yib ovqatlanmaslik, diuretik tabletkalarini ortiqcha iste’mol qilish yoki kuchli qon yo‘qotishdan kelib chiqadi. Qon bosimining keskin pasayishi oshqozon yarasi, gemorroy sababli ichki yoki tashqi qon ketishidan kelib chiqishi mumkin. Agar past qon bosimi og‘riqli alomatlar bilan birga kelsa, shifokorlar gipotoniya tashxisini qo‘yadilar.
Past qon bosimi belgilari:
- Terining oqarishi yoki ko‘karishi;
- Sovuq ter;
- Ko‘ngil aynishi;
- Tez ammo zo‘rg‘a seziladigan puls;
- Umumiy holsizlik va charchoq hissi;
- Ba’zan qisqa muddatli ongning yo‘qolishi.
Doimiy past qon bosimi belgilari:
- Bosh og‘rig‘i;
- Bosh aylanishi;
- Zaiflik, charchoq;
- Uyqusizlik;
- Beparvolik, xotira buzilishi;
- Kuchli yurak urishi;
- Yurak sohasida og‘riq;
- Oyoq-qo‘llarning sovuq qotishi;
- Kayfiyatning yomonlashishi;
- Oshqozonda og‘irlik, ishtahani yo‘qotish, ich qotishi.
Past qon bosimini davolash uning sababiga bog‘liq. Hayotga xavf tug‘diradigan sharoitlar shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi. Qon bosimining keskin pasayishi qon ketishi va insultni ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas. Bunday hollarda tez yordam chaqirish zarur. Doimiy ravishda past qon bosimi shifokor bilan maslahatlashishni va rejalashtirilgan davolanishni talab qiladi, chunki u quyidagilarga olib kelishi mumkin:
- Jismoniy va aqliy faoliyatning pasayishi, diqqatni jamlash;
- Infarkt va insult xavfining ortishi;
- Miyaning kislorodga ochligi, xotira buzilishi, charchoqning kuchayishi;
- Ongni yo‘qotganda yiqilishdan jarohat olish xavfining yuqoriligi.
Past qon bosimi to‘satdan qon yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lmasa, kamdan-kam hollarda o‘limga olib keladi. Uning nazorati va turmush tarzini o‘zgartirish orqali gipotoniya bilan og‘rigan bemorlar normal qon bosimi bo‘lgan odamlarga qaraganda uzoq va yaxshi hayot kechiradilar. Odatda, shifokorlarning tavsiyalariga binoan stressni kamaytirish, toza havoda muntazam yurish, massaj, kontrastli dush, salqin ko‘l va daryolarda suzish, kechasi kamida 8 soat uxlash, A, C, P va E vitaminlarining yetishmasligini bartaraf etish past qon bosimi bilan ham uzoq yillar yashash mumkin.