Quyidagilardan belgilang
Ushbu kalkulyator haqida
* Yangi tug’ilgan chaqaloq holatini Apgar shkalasi bo’yicha baholash
Formula
O’lchov beshta mezonning umumlashtirilgan tahlilini o’z ichiga oladi, ularning har biri 0 (nol)dan 2 (ikki) gacha butun sonlarda baholanadi. Natija 0 dan 10 gacha bo’lishi mumkin.
Ma’lumot
1952 jili amerikalik vrach-anesteziolog Virdjiniya Apgar anesteziologlar kongressida yangi tug’ilgan chaqaloqlar hayotining birinchi daqiqalaridagi holatini baholash uchun ishlatiladigan tizimni rasman taklif qildi. Bu tizim aslida hamshiralar uchun ishlab chiqilgan bo’lib, qaysi chaqaloqqa ko’proq e’tibor qaratish lozimligini tezlik bilan aniqlash uchun kerak edi.
Apgar shkalasi bo’yicha ballarni hisoblash.
Yangi tug’ilgan chaqaloq ko’rikdan o’tkazilib bir qator belgilar bo’yicha 0, 1 yoki 2 ball bilan baholanadi. Eng yuqori baho 10 ball hisoblanadi. Ballarni hisoblash ikki marotaba: chaqaloq tug’ilishi bilan 1-daqiqada va 5-daqiqada o’tkaziladi. SHu sababli Apgar bo’yicha baholashda doimo ikkita son (masalan 7/6) ball ko’rsatiladi. Hayotining birinchi daqiqalarida kamdan-kam bolalar 10 bal oladi.
7-10 ballarni olgan bolalar holati yahshi va a’lo hisoblanib, ularga mahsus parvarish talab etilmaydi. 4-6 ballarni olgan chaqaloqlarni holati qoniqarli sanalib, ularga ayrim reanimatsion choralar ko’rsatiladi. 4 balldan past baholangan chaqaloqlarga esa zudlik bilan jonlantirish tadbirlari o’tkazilishi talab etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot
Apgarning 1 daqiqadagi ko’rsatkichi kindik qonining pH qiymati bilan o’zaro bog’liq, bu ko’rsatkich tug’ruq ichi asfiksiyasini ko’rsatadi. 5-daqiqada Apgar shkalasi yakuniy nevrologik natijalar bilan o’zaro bog’liq.