Tag Archives: figurin trio haqida ma’lumot

Figurin Trio ozdiruvchi mahsuloti haqida ma’lumot – tarkibi, qo’llanilishi, qarshi ko’rsatmalar va narxi qancha .

Figurin Trio® – tabiiy o’simlik ekstraktlaridan tanlangan noyob tarkibga ega innovatsion preparat. Figurin Trio® qisqa vaqt ichida fiziologik yo’l bilan organizm boshqa tizimlariga zarar yetkazmasdan vazn yo’qotishni ta’minlaydi, ochlik hissini kamaytiradi, tanadagi yog’ zahiralarini parchalaydi va ularni qayta hosil bo’lishini oldini oladi. Organizmdagi yog’ zahiralarini energiyaga aylantirib tanani fiziologik ozishini ta’minlaydi.

Figurin Trio® ning asosiy xususiyatlari:

  • Tanadagi yog’ zahiralarini parchalaydi;
  • Mushaklar, jigar va yurakdagi metabolik (moddalar almashinuvi) jarayonlarini tezlashtiradi;
  • Organizmning aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi;
  • Yog’ molekulalarini energiya hosil qilish uchun sarflaydi va tananing issiqlik ajratishini kuchaytiradi;
  • Moddalar almashinuvi tezlashishi hisobiga organizmdan zararli moddalar chiqib ketishini tezlashtiradi (detoksikatsiya), tanani toksinlardan tozalaydi;

Sinefrin – achchiq apelsin ekstrakti (citrus auranthium), sinefrin strukturasi va ta’sir mexanizmi jihatidan efidringa juda o’xshash, undan farqi yurak-qon tomir va nerv tizimiga nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Sinefrin stimulyatorlik xususiyati sababli:

  • Umumiy moddalar almashinuvini (metabolizmni) tezlashtiradi;
  • Markaziy nerv sistemasi aktivligini oshiradi, jismoniy va aqliy faollikni oshiradi
  • Yog’ molekulalarini parchalanishidan hosil bo’lgan energiya tanada issiqlik hosil bo’lishini (termogenez) kuchaytiradi. Shu sababdan organizmda zahira holida to’plangan yog’ qatlamlari qalinligini kamayadi.
  • Sinefrin yog’ hujayralarida joylashgan β-3-adrenoretseptorlar agonisti (qo’zg’atovchisi) hisoblanadi, bu retseptorlar faollashganda yog’- hujayralarida to’plangan yog’-molekulalari parchalanish uchun jigarga jo’natiladi.

Hozirda sinefrin dunyo bo’yicha sportchilar ovqatlanish ratsioniga va ko’pchilik dietologlarning ozdirish dasturiga kiritilgan.

Kofeinorganizmni aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, psixo-emotsional faollik va harakat faolligini kuchaytiradi. Vaqtinchalik charchoqni va uyquchanlikni yo’qotadi. Nafas olishni tezlashtiradi va chuqurlashtiradi. Umumiy moddalar almashinuvini oshiradi ya’ni lipoliz (yog’lar erishi) va glikogenoliz (uglevodlar parchalanishi) ni kuchaytiradi.

Xrom – ishtahani sezilarli darajada kamaytiradi va qonda qand miqdorini normallashtiradi. Xromning organizmdagi asosiy vazifalari:

  • Uglevod-yog’lar almashinuvida qatnashadi;
  • Organizmda xrom yetishmasligini oldini oladi;
  • Yog’lar almashinuvini normallashtiradi va qonda qand miqdorini tushiradi;
  • Hujayra ichi moddalar almashinuvini kuchaytiradi va tananing proportsional ortiqcha vazn yo’qotishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari xrom yaqqol kosmetik effekt beradi ya’ni terida kollagen va elastin sintezini kuchaytirib ozishdan keyingi yoki parhez va tug’ruqdan keyingi teri osilishlarini kamaytiradi, mayda ajinlar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi.

Vitamin B6 – organizmda umumiy moddalar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Vitamin B6 markaziy va periferik nerv sistemasi to’g’ri ishlashi uchun juda muhim. Yog’lar almashinuvida qatnashadi. Xromni ichak devoridan yaxshi so’rilishini ta’minlaydi.

Forskolin – Coleus forskohlii o’simligidan ajratib olinadigan biologik faol modda. Ko’p qirrali fiziologik xususiyatlarga egaligi sabab, asosan tibbiyotda va sport tibbiyotida qo’llaniladi. Forskolinning asosiy fiziologik xususiyatlari:

  • Qon-tomirlarni kengaytirib mushaklar oziqlanishini yaxshilaydi;
  • Teri osti yog’-to’qimalari hajmi va massasini kamaytiradi, qon bosimini tushiradi. Forskolinning ta’sir mexanizmi adenilatsiklaza fermentini faolligini oshirishi bilan bog’liq. Adenilatsiklaza fermenti esa o’z navbatida AQSHning “Obesity Research & Clinical Practice” saytida e’lon qilingan

α-lipo kislota – eng samarali antioksidantlardan biri. Inson organizmi deyarli barcha hujayralarida majud va hujayrada moddlar almashinuvida ayniqsa glyukozadan energiya hosil bo’lish jarayonida muhim rol o’ynaydi. Alfa-Lipoik kislota asosiy xususiyati hujayrada moddalar almashinuvida koenzim vazifasini bajarib antitoksik (zaharli moddalarni neytrallash) ta’sir ko’rsatadi. Hujayrani moddalar almashinuvida va tashqaridan kirgan (ekzogen) moddalar parchalanishidan hosil bo’ladigan erkin radikallar (oksidantlar) va zararli moddalardan himoya qilib kunchli antioksidantlik xususiyatlarini namoyon qiladi. Bundan tashqari alfa-lipoik kislotasi insulin bilan sinergetik ta’sirlashib glyukozani o’zlashtirilishini oshiradi va qonda qand miqdorini kamaytiradi. Alfa-lipoik kislota organizmdagi boshqa antioksidantlar bilan (vitamin C va vitamin E) faol ta’sirlashadi va ularning samaradorligini oshiradi. Qandli diabetli bemorlarda alfa-lipoik kislota glyukoza o’zlashtirilishini kuchaytirishi hisobiga qonda qand miqdorini tushiradi va bemor umumiy holati yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Alfa-lipoik kislota ayniqsa jigar hujayralarida yog’lar, uglevodlar va oqsillar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Gepatositlarni zaharli moddalardan himoya qilib (antioksidantlik), jigar yog’lanishini (yog’li gepatoz, steatoz) va ateroskleroz rivojlanishini oldini oladi. Oksidativ stress sababli yuzaga kelgan hujayralar shikastlanishida mushak, nerv va yurak hujayralarini qayta tiklanishida ishtirok etadi. Hujayraning vaqtidan oldin qarishini oldini oladi.

Garciniya kamboja ekstrakti – asosiy faol moddasi gidroksilimon kislota GLK saqlaydi. Aynan GLK insonda to’yish hissini tez hosil qiladi va xavfsiz vazn yo’qotishni ta’minlaydi. Garciniya kamboja ekstraktida GLKdan tashqari vitamin C va beta karotin moddalari ham mavjud. Asosiy foydali xususiyatlari quyidagilar:

  • Qonda qand miqdorini normallashtiradi va shu sababli ishtahani bo’g’adi;
  • Zahira yog’lar hosil bo’lishini (lipogenez) to’xtatadi shu sabab ortiqcha yog’ qatlamlari paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi;
  • Qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi va uni hosil bo’lishini oldini oladi;
  • Moddalar almashinuvini metabolizmni tezlashtiradi;
  • Serotonin (xursandlik gormoni) hosil bo’lishini stimullaydi, natijada bemorni stress va tushkunlik holatida ko’p ovqat yeb qo’yishidan saqlaydi.