Tana vazni indeksi – hisoblash uchun online kalkulyator, natijalar mazmuni

Tana massasi indeksi — insonning bo’yi va vazni mosligi darajasini baholashga imkon beruvchi kattalik bo’lib, u vazn yetishmasligi, me’yordaligi yoki ortqichaligini aniqlashda ishlatiladi. Davolash uchun ko’rsatmalarda muhim o’rin tutadi.

Tana massasi indeksi ko’rsatkichi belgiyalik sotsiolog va statistik Adolf Ketle tomonidan ishlab chiqilgan. U kg/m2 da hisoblanadi.

TANA MASSASI INDEKSINI HISOBLASH KALKUYATORI

Vazningiz(kg):
Bo`yingiz(sm):

Sizning TMI:
Sizda:

JSST tavsiyalariga ko’ra, TMI ko’rsatkichlarining quyidagi interpretatsiyalari ishlab chiqilgan.

Tana massasi indeksi Kishi vazni va uzunligi o’rtasidagi nisbat
16 va undan kam Tana vazningning sezilarli tanqisligi
16—18,5 Tana vaznining yetishmasligi
18,5—24,99 Me’yor
25—30 Tana vaznining ortiqchaligi
30—35 Birinchi darajali semizlik
35—40 Ikkinchi darajali semizlik
40 va undan yuqori Uchinchi darajali semizlik

TMI KO’RSATKICHI KAMCHILIKLARI

JSST tavsiya etgan TMI ko’rsatkichi interpretatsiyasi kishining jinsi va yoshini hisobga olmaydi. Ko’pchilik mamlakatlar statistikasi erkaklarda TMI ayollarnikiga nisbatan biroz ko’proq bo’lishi aniqlangan. Bundan tashqari, TMI o’rta yoshlilarda qariyalar va yoshlarnikiga nisbatan ham yuqoriroq.

1501cookie-checkTana vazni indeksi – hisoblash uchun online kalkulyator, natijalar mazmuni

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan