Tana massasi indeksi — insonning bo’yi va vazni mosligi darajasini baholashga imkon beruvchi kattalik bo’lib, u vazn yetishmasligi, me’yordaligi yoki ortqichaligini aniqlashda ishlatiladi. Davolash uchun ko’rsatmalarda muhim o’rin tutadi.
Tana massasi indeksi ko’rsatkichi belgiyalik sotsiolog va statistik Adolf Ketle tomonidan ishlab chiqilgan. U kg/m2 da hisoblanadi.
TANA MASSASI INDEKSINI HISOBLASH KALKUYATORI
JSST tavsiyalariga ko’ra, TMI ko’rsatkichlarining quyidagi interpretatsiyalari ishlab chiqilgan.
Tana massasi indeksi | Kishi vazni va uzunligi o’rtasidagi nisbat |
---|---|
16 va undan kam | Tana vazningning sezilarli tanqisligi |
16—18,5 | Tana vaznining yetishmasligi |
18,5—24,99 | Me’yor |
25—30 | Tana vaznining ortiqchaligi |
30—35 | Birinchi darajali semizlik |
35—40 | Ikkinchi darajali semizlik |
40 va undan yuqori | Uchinchi darajali semizlik |
TMI KO’RSATKICHI KAMCHILIKLARI
JSST tavsiya etgan TMI ko’rsatkichi interpretatsiyasi kishining jinsi va yoshini hisobga olmaydi. Ko’pchilik mamlakatlar statistikasi erkaklarda TMI ayollarnikiga nisbatan biroz ko’proq bo’lishi aniqlangan. Bundan tashqari, TMI o’rta yoshlilarda qariyalar va yoshlarnikiga nisbatan ham yuqoriroq.